PRODUSSERLIK XIZMATI

Avvalo produsserning asosiy vazifalari nimalardan iborat ekanligini tushunib olsak. Produsser, musiqiy loyiha samarasiga javob beradigan mutaxassisdir. U ijro masalalarini to'la nazorat qiladi: uning elkasida ijodkorning repertuarlari, uning obrazi-imidji, to'plamdagi ovozni yozish, umuman musiqiy albomlar chiqarish va gastrol sayohatlarni rejalashtirishdan to uni o'tkazish bosqichigacha nazorat qiladi .

Produsserning muayyan harakati musiqiy loyihaning hayotiy davimiyligini ta'minlaydigan jamoani shakllantirishga qaratilgan: xoreograflar, musiqachilar, qo'shiq mualliflari, operatorlar, stilistlar va boshqalar. Bu erda uning tashkiliy ko'nikmalari birinchi o'rinda turadi: Produsser har bir xodimining ishining muvofiqligini, samaradorligini va mustahkamligini oshiradigan vosita va echimlar topadi.

Faqatgina ushbu shartlar bajarilsa, produsser va uning hamkorlari musiqa loyihasidan mashhurlik, rivojlanish istiqbollari va yaxshi moliyaviy daromad qaytib olishlari mumkin.


O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist SAMANDAR HAMROQULOV tomonidan taqdim etiladigan produsserlik markazida quyidagi xizmatlar amalga oshiriladi:


1. Qo’shiqchilarga musiqiy produsserlik qilish

(qo'shiqlarni tanlash, studiyada qo'shiqlarni yozish, vokal kurslar).


2. Ijodkorning imidjini yaratish

(Ijodkorga imidj yaratish, musiqiy uslubni qo'shiqchining imidjini bilan uyg’unlashtirish).


3. Ijodkorni yulduz darajisigacha targ'ib qilish

(albom taqdimoti, klip taqdimoti, qo'shiqchining ijodiy faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish, muallifning televizion dasturlarda, televidenie va radio orqali yoritish.


YOSH ISTE’DODLARGA PRODUSSERLIK QILISH

Prodyuserlik markazimizda har qanday san'atkorlarga – taniqli estrada yulduzlari va yosh xonandalarga produsserlik xizmati ko’rsatiladi. Prodyuserlar yaqin kelajakda musiqaning qaysi yo'nalishlari eng ommabop ekanligini aytib berishadi, qo'shiqlar repertuarini tanlash va san’atkor imidjni yaratish uchun yordam beradi. Produsserlik markazimizda san’atkorlarni tayyorlash uchun barcha mexanizmlar mavjud: ovoz va vokal ta'limidan boshlab san’atkorga produsserlik qilish bosqichlarigacha.


Produsserlik markazining asosiy xizmatlari:

1 ) Ijodkorlarni tayyorlash (Ijodkorlarni tarbiyalash)
2) Vokal maktabi (vokal)
3) Ovoz yozish studiyasida qo'shiqlar va albomlarni yozish
4) Musiqiy videoklip va teledasturlarni tayyorlash
5) Xorijiy estrada yulduzlarining konsertlarini tashkil etish

  • date: 20/april/2016
  • Adress: miami, legaga beach
  • titme: 6:45 PM - 2:30 AM